Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 maydagi qaroriga binoan (pdf) Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogik universitetining (TDPU) yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.
Universitetning yangi tuzilmasida sakkiz fakultet faoliyat olib boradi:
- fizika-matematika;
- tabiiy fanlar;
-pedagogika, psixologiya va defektorlogiya;
- xorijiy tillar;
- tarix;
- kasbiy ta'lim;
- boşlanğiç ta'lim va jismoniy tarbiya;
- çaqiriqqaça harbiy ta'lim.
Hukumat qarorida TDPUni qayta joylaştiriş masalasi ham körib çiqilgan. U Çilonzor tumani, Bunyodkor köçasi, 27-uy manzilidagi 1-sonli Toşkent pedagogika kolleji binolariga joylaştiriladi. 2017 yilning 1 avgustiga qadar OTM uçun qöşimça binolar quriladi.
Universitetni köçiriş va takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar bilan maxsus komissiya şuğallanadi.
TDPUning hozirgi binosiga yangi taşkil etilgan Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti joylaşadi.
Toşkent pedagogika kolleji talabalari tahsilni qaysi binolarda davom ettirişiga aniqlik kiritilmagan.












