Euromonitor International tomonidan “Çoy yoki qahva? Qaysi mamlakatlarda bu içimliklarga xohiş bor?” mavzuida sörov ötkazilgandi. Tadqiqot natijalariga köra, Özbekiston aholisining 99,6 foizi çoy iste'mol qilişga moyil ekani oydinlaşgan. Gvatemala aholisining 99,6 foizi esa qahvani afzal körgan. Jahon mamlakatlarida ötkazilgan tadqiqot natijalari The Independent naşrida e'lon qilindi. Çoyni afzal köruvçi mamlakatlar safidan Keniya (99,2 foiz), Ozarbayjon (99,1 foiz), Pokiston (99 foiz), Xitoy (98,9 foiz) va Misr (98,5 foiz) örin olgan. Qahvani esa Dominikan Respublikasi (99 foiz), Braziliya va Ekvador (97,4 foiz), Gretsiya (96,8 foiz) va Daniya (92,2 foiz) aholisi yaxşi körişi ma'lum böldi. Rossiya aholisining 77,5 foizi çoyni, 22,5 foizi esa qahvani yaxşi körar ekan. Buyuk Britaniyada esa aholining 78,4 foizi çoy içişni ma'qul körişi ayon bölgan.

Mutaxassislarning aytişiça, har kuni dunyo böylab odamlar öz xohişlariga qarab 1 milliard 600 ming çaşka qahva va bundan ikki barobar köp çoy içişadi. Bugungi kunda dunyo olimlari örtasida “çoy afzalmi yoki qahvami?” degan savol keng muhokamalar mavzusiga aylangan. Kimdir inson organizmi uçun çoy afzal desa, boşqa tomondagilar qahvaning afzalliklari borasida soatlab gapirişi mumkin. Buyuk britaniyalik yozuvçi Jorj Oruell yozganidek, “çoy Britaniyadagi sivilizatsiyaning ustunlaridan biridir”. Tadqiqot natijalariga köra, har ikki içimlik eksperiment iştirokçilarining kayfiyatiga bir xil ta'sir körsatişi aniqlandi. Lekin uyqu oldidan qahva içiş maqsadga muvoffiq emasligi bildirildi.

Buyuk Britaniyaning Sarrey grafligi universiteti olimlari ötkazgan tadqiqotlarga qaraganda qahva içib töşakka çözilgan odamlarning köziga uyqu kelişi qiyin bölar ekan. Bundan körinib turibdiki, çoyning qahvaga nisbatan afzalliklari bor. Uyqu oldidan içilişi nazarda tutiladigan bölsa, u holda çoy sözsiz qahvani siqib çiqaradi. Şu sababli tunda televizor körmoqçi yoki işlamoqçi bölganlarga qahva içiş tavsiya qilinadi. Kun böyi işlab, tunda yaxşi orom olmoqçi bölganlarga esa çoy içiş maslahati beriladi. Ammo tiş şifokorlarining fikriça, qahvaga nisbatan çoy tişlarni köproq sarğaytiradi. Biroq Angliyada çoy asablarni tinçlantirib, aql rivojiga xizmat qilişi ta'kidlanadi. Ya'ni, muntazam çoy içib yuruvçilarning hamişa bosiq ekani tan olinadi. Qahva içib yuruvçilar haqida bunday deb bölmaydi. Olimlar çoy ham, qahva ham yurakka deyarli ta'sir körsatmasligini aytişar ekan, qahvaning yurakka sal bölsa ham foydasi borligini qayd etişadi. Çoy esa saraton kasalliklaridan himoya qiladi. Kök va qora çoy tarkibida inson organizmi uçun foydali va tabiiy bölgan mahsulotlar borligi aniqlandi.

Şifokorlar imkon boriça xaltalarga qadoqlangan çoylarni içmaslikni maslahat berişadi. Çunki ularga rang va ta'm beruvçi kimyoviy qöşimçalar solinadi. Xaltali çoylardan böğim va suyaklar zarar körişi aniqlangan. Qahvani muntazam içiş yurak qon tomiri xastaliklariga olib keladi. Altsgeymer kasaligi xavfini ortiradi. Şu sababli, qahvadan köra çoy afzalroq degan qaraşlar bor. Eng yaxşisi bargli çoy iste'mol qilgan yaxşiroq hisoblanadi.