Har yil muborak Ramazon oyi yaqinlaşganda unga özgaça tayyorgarlik köramiz. Sababi bu oyni yanada fayzli, şukuhli ötkaziş uçun Ramazonga tom ma'noda tayyorgarlik köriş talab etiladi. Zero bu oy boşqalari kabi oddiy ötib ketmasligi kerak. Şu ma'noda quyida Ramazondan oldin qilinadigan amallar haqida qisqa suratda töxtalib ötamiz. Bular Ramazonga tayyorgarlikning bir qismi sanaladi.
Qarindoş-uruğ va beva-beçoralar holidan xabar oliş.
Bu işni yil böyi qiliş kerak. Ammo silai rahm va mehr-muravvat körsatişga Ramazondan oldin alohida e'tibor bilan yondaşiş yanada maqsadga muvofiq. Bunda faqat moddiy jihat asosiy örinda bölmaydi. Balki imkonini topganlar moddiy tarafdan, boşqalar yaxşi muomala, oçiq çehra va tabassum, ikki oğiz şirin söz bilan bölsa ham odamlar qalbiga xursandçilik kiritişlari, beva-beçoralar könglini toğdek kötarişlari mumkin. Bu oy boşlanişidan avval imkoni borlar qiynalgan, qarovçisini yöqotgan miskin va beçoralarga moddiy tarafdan yordam bersalar, ularning duosi şarofatidan dunyo va oxirat işlariga baraka kiradi. Köpçilik Ramazonda iftorlik qilib kimözarga öynaydi. Aslida iftorlikning eng yaxşisi haqdorlarga taom beriş va ularni libos bilan ta'minlaşdir. Mana şunisi Alloh dargohida husni maqbul böladi.
Gina-kuduratlarga barham beriş.
Ramazon kişilar örtasidagi adovat, janjal, arazlaşiş, gina-kuduratlarga barham beriş oyidir. Sababi döstu yor, aka-uka, opa-singil, qaynona-kelin örtasida nizo böla turib, tutilgan rözalar, qilingan xatmi Qur'on va boşqa savobli işlar mukammal bölmaydi. Balki hamma işni orani isloh qilişdan boşlaş kerak. Bunda bir taraf ikkinçi tarafdan özini past olib, aybi bölmasa ham isloh taklifi bilan çiqsa juda yaxşi böladi. Özi birov bilan uruşmagan taqdirda ham qaysi bir banda arazlaşganlar orasini isloh qilsa, katta ajr va martabalarga erişadi.
Böynidagi qarzlarni tölaş.
Ramazondan avval olingan qarzlarni uziş ham yaxşi iş. Albatta agar imkoningiz bölsa, keçiktirmay darrov olingan qarzni qaytaring. Şunda qarz bergan odam ham xursand böladi, qalbingizga xotirjamlik kiradi. Agar imkoningiz böla turib, qarzni çözib yursangiz katta gunohga qolasiz, qarz bergan odamga zulm qilgan, uning haqqini yeb yurgan bölasiz.
Şu örinda imorat qurgan, biron quriliş qilayotgan kişilar ustalar haqqini berişni unutgan yoki paysalga solib yurgan bölsalar, usta haqini berişlari lozimligini ham alohida eslatib ötamiz. Xizmat qilgan odam haqini bermay çözib yuriş musulmon odamga töğri kelmaydigan işdir. Zero, hadisi şariflarda tölaşga imkoni bor böla turib qarzini paysalga solib yuriş zulm ekanligi ta'kidlanadi.
Ramazondan oldin qilinadigan amallar
16:40 / 26.05.201653 6705 min











