Özbekiston Xalq şoiri, dramaturg, jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov olamdan ötdi. Bu haqda jurnalist Abdurahmon Taşanov Facebook sahifasida xabar bergan.

"Xalqimizning atoqli adibi, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov olamdan ötdi. Bu haqda menga ustoz jurnalist Şarof aka Ubaydullayev hozirgina qönğiroq qilib, u kişini hukumatga qaraşli 1-statsionardan olib kelişayotganini aytdilar.

Dilbar şoirimiz, ajoyib inson Erkin Vohidovni Alloh rahmatiga olsin!", deyiladi manbada.

Erkin Vohidov 1936 yili Farğona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. 1960 yili ToşDU (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetini tugatgaç, «Yoş gvardiya» naşriyotida muharrir, boş muharrir (1960—63; 1975—82), Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotida muharrir, boş muharrir (1963—70), direktor (1985— 87), «Yoşlik» jurnali boş muharriri (1982-85) vazifalarida işlagan.

Ijodiy faoliyati davomida «Tong nafasi» (1961), «Qöşiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976), «Kelajakka maktub» (1983), ikki jildli saylanma («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma», 1986), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxşidir aççiq haqiqat» (1992) kabi şe'riy töplamlar naşr qildirgan şoir Behbudiy, Çölpon, Avloniy, Qodiriy singari ma'rifatparvarlarning 60-yillardagi ijodiy davomçisi sifatida özbek adabiyotida öz izini qoldirdi.

Uning «Orzu çaşmasi», «Nido» (1964), «Quyoş maskani» (1970), «Baxmal» (1974), «Ruhlar isyoni» (1978— 79), «Toşkent sadosi» (1983) kabi asarlari özbek dostonçiligining yetuk namunalaridan hisoblanadi.

«Özbegim» qasidasi (1968) esa kommunistik mustabid tuzum davrida milliy uyğonişimizga barakali ta'sir körsatgan.

U I. Gyotening «Faust» asarini, S. Yeseninning şe'rlarini özbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida naşr ettirgan. Bundan taşqari F. Şiller, Iqbol, Ulfat, R. Hamzatov, L. Ukrainka, A. Blok va boşqa turli xalqlar şoirlari asarlarini ham özbek tiliga tarjima qilgan.

Erkin Vohidov Özbekiston Oliy Kengaşi deputati (Oşkoralik masalalari qömitasi raisi; 1990—95); 1995 yildan Özbekistan Oliy Majlisi deputati va Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi raisi bölgan.

U «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).