27 may kuni Angren-Pop elektrlaştirilgan temir yöl uçastkasidan tajriba tartibida birinçi poyezd ötdi. Bu haqda, «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Temir yölning "Qamçiq" tunneli içidagi 11-kilometrida relslar tutaştirilgan.

“Tunnelda temir yöl izlari va kommunikatsiya vositalari örnatilgan. Ötgan dam oliş kuni poyezdning sinov  qatnovi ötkazildi”, — deyilgan manba xabarida.

Poyezdlarning tunnel orqali doimiy harakati iyun oyining oxirida boşlanişi rejalaştirilgan.

Angren-Pop temir yöli 123,1 kilometr uzunlikka ega bölib, bu masofaning 19,1 kilometrlik qismi tunneldan iborat.

Tunneldagi burğulaş işlari Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda, pölat polotnoni yotqiziş işlari esa «Özbekiston temir yöllari»ning öz kuçi bilan ötkazildi. Ayni paytda loyihaning yakuniy bosqiçi — muhandislik işlarini yölga qöyiş va yölni elektrlaştiriş böyiça tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Tutaştirilgan tunnel “Angren – Pop” temir yölining bir bölagiga aylanadi. Natijada Farğona vodiysi Özbekistonning boşqa viloyatlari bilan qulay temir yöl aloqasi bilan boğlanadi.

2015 yilning avgust oyida yangi temir yölning 104 kilometrlik uçastkasida quriliş işlari yakunlangandi. Barça zaruriy işlar amalga oşirilgan, köpriklar va sun'iy inşootlar barpo etilgan, relslar yotqizilgan, elektrlaştiriş olib borilgan, şuningdek, vokzal va stansiyalar qurilgan.

2016 yilning fevral oyida esa burğilaş işlari yakunlandi, söng tunnelning asosiy yönalişi tutaştirildi.

“Qamçiq” dovoni dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikda joylaşgan. Dovon orqali Özbekistonni Farğona vodiysi bilan ulaydigan yagona avtomobil yöli joylaşgan. Qiş vaqtida yoğingarçilik kuçayganda dovon orqali qatnov ança muşkullaşadi. Yangi temir yöl aloqasi uşbu muammoning muvaffaqiyatli yeçimi bölişi möljallangan.