2016 yil 22 iyun kuni Toşkentdagi «Özekspomarkazda» «Angren-Pop» elektrlaştirilgan temir yöli va mazkur ulkan loyiha doirasida qurilgan tunnelning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin iştirok etdi, deya xabar qildi «Özbekiston temir yöllari» AJ axborot xizmati.
Davlatimiz rahbari mazkur ğoyat ulkan loyihaning amalga oşirilişi muhim tarixiy voqea ekanini, ayniqsa, quriliş işlari Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida tugallangani uning ahamiyatini yanada oşirganini alohida ta'kidladi.
Tantanali marosim oçilişi doirasida «Özekspomarkaz»dagi tadbir iştirokçilari bilan Qamçiq dovonida yangi elektrlaştirilgan temir yöl tarmogining işga tuşirilişi munosabati bilan yiğilgan mutaxassislar örtasida töğridan-töğri teleköprik örnatildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin Angren-Pop elektirlaştirilgan temir yölida dastlabki harakatlanadigan bitta elektrovoz va 4 ta yölovçi vagondan iborat «Özbekiston» poyezdining «Qamçiq» temir yöl tunnelidan ötişiga ruxsat beruvçi svetoforni yoqiş uçun maxsus tugmani bosdi.

Şundan söng «China Railway Tunnel Group» kompaniyasi raisi Yuy Baolin va «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Oçilboy Ramatov birgalikda uşbu poyezdda, tunnel orqali şarqiy portal tomonga yöl olişdi.
Dastlabki poyezd uzunligi 19,2 kilometrlik er osti yölini 16 daqiqada bosib ötdi.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi «Angren – Pop» elektrlaştirilgan temir yöl liniyasining qurilişini taşkil qiliş çora-tadbirlari" töğrisidagi qarori asosida, Qamçiq dovoni böylab, uzunligi 123,1 kilometrni taşkil etadigan yangi temir yöl hamda uşbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bölgan temir yöl tunneli qurildi.
Mazkur ulkan qurilişni amalga oşiriş maqsadida jami 1 milliard 633,7 mln. dollarlik mablağ ajratilişi rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda tunneldan taşqari işlarni amalga oşiriş uçun jami 810 mln. AQŞ dolarlik mablağ özlaştirildi.












