Özbekiston prezidenti Islom Karimov 23 iyunda Köksaroy qarorgohida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşdi.

Ikki davlat yetakçisi özaro suhbat davomida ŞHTning yubiley sammiti kun tartibi böyiça fikrlar almaşdilar, Toşkentdagi yiğiliş natijalariga köra qabul qilinadigan qarorlarning muhimligini ta'kidlab ötdilar.

Prezidentlar, şuningdek, öz mamlakatlari örtasidagi munosabatlarning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilişdi va ular örtasidagi özaro hamkorlikni yanada kengaytiriş yöllarini belgilab oldilar.

Tomonlar oxirgi vaqtda özaro munosabatlarda ijobiy özgarişlar, jumladan, savdo aylanmasi hajmi oşgani, savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya işi faollaşgani, doimiy muloqot tajribasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan taşqi işlar vazirliklari örtasidagi maslahatlaşuvlar mexanizmining işga tuşganini mamnuniyat bilan qayd qilib ötdilar.   

Uçraşuv çoğida tomonlar birgalikdagi sa'y-harakatlar sohasi köpgina ekani va ikki davlatning tegişli tuzilmalari davlatlararo aloqalarning butun majmuasini ilgari suriş maqsadida rejali işni ötkazişlari kerakligini yana bir bor ta'kidlab ötdilar.

Bu mazmunda Tojikiston prezidenti öz mamlakatining taşqi siyosatida tojik-özbek munosabatlarining ustuvor xarakterda ekanligini qayd qilib ötdi.

Öz ildizi bilan uzoq tarixga ketadigan umumiy ma'naviy qadriyatlar va boy döstona an'analar va özaro hurmatga asoslangan ikki davlat örtasidagi qöni-qöşniçilik va özaro manfaatli aloqalarni saqlaş va mustahkamlaşning muhimligi körsatib ötildi.

Tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni, jumladan Afğonistondagi vaziyatni muhokama qildilar va öz e'tiborlarini Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning boş şarti sifatida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaşning dolzarbligiga qaratişdi.

Uçraşuv sönggida Imomali Rahmon Islom Karimovga iliq qabul uçun minnatdorçilik bildirdi va Karimovni istalgan qulay vaqtda Tojikistonga taşrif buyurişga taklif qildi.