Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi kuydirgi kasalligi avj olgan Yerkindik aholi punktining atrofida jonivorlarning ötişiga tösqinlik qiluvçi handaq qazildi. Bu haqida Qozoğiston qişloq xöjalik vazirligining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qarağanda viloyatining Yerkindik qişloğida töqqiz nafar kişida kuydirgi kasalligi gumon qilinib, infeksion kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Bemorlarning ikki nafari hayotdan köz yumgan. Viloyat veterinar labaratoriyasi söyilgan sigir göşti namunasini örganib çiqib, "kuydirgi" taşxisini tasdiqladi. 

"Veterinar nazorat ostida bölişi kerak bölgan jonivorlar va mahsulotlarning qişloqdan taşqariga çiqişini bartaraf etiş maqsadida aholi punktiga kiraverişda dezinfeksiyani tösuvçi ikkita nazorat posti örnatildi, bu yerda tun-u kun navbatçilik yölga qöyildi, FV va tuman politsiya bölimi hodimlari jalb qilindi", - deyiladi vazirlik xabarida. 

Idorada ta'kidlanişiça, aholi punktidagi 21 ming kvadrat metr maydonda dezinfeksiya amalga oşirilgan.

"Epizootik öçoq hududida viloyat va tuman miqyosidagi 28 nafar mutaxassis, oltita maxsus texnika işga tuşirildi. Qişloq ahli yiğilib, ular bilan yuzaga kelgan vaziyat va xavf-xatar, şuningdek jonivorlar bilan muloqot qilganda ehtiyotkorlik çoralari körilişi haqida tuşuntiriş işlari olib borildi", - deya ma'lum qildi matbuot xizmati. 

7 iyun kuni Yerkindik qişloğidagi 5 nafar kişi (bir oilaning a'zolari) veterinar körigidan ötkazmasdan kasal sigirni majburiy söyişgan. Öşa kunning özidayoq uning göşti qişloqda yaşovçi 11 kişiga sotilgan. 11-14 iyun oraliğida zararlangan göştni iste'mol qilgan 9 kişi kasallangan, ulardan sakkiz nafari  - Yerkindikda istiqomat qiluvçilar, yana biri esa qişloqqa qarindoşlarnikiga mehmonga kelgan kişi bölgan.

© RIA Novosti