Şanxay Hamkorligi taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Özbekistonda bölib ötgan sammit yakunida ŞHTning 15 yilligi Toşkent deklaratsiyasini qabul qilişdi.
Deklaratsiya sammitning asosiy yakuniy hujjati bölib, uşbu hujjatda taşkilot a'zolarining birlaşmani rivojlantiriş borasidagi qaraşlari öz ifodasini topgan.
Toşkent sammiti yakunida taşkilotning 2016-2020 yillardagi faoliyati dasturi hamda ŞHTning 2025 yilgaça Rivojlaniş strategiyasi qabul qilindi.
Şuningdek, ŞHT Hududiy aksilterror tizimi (HATT) kengaşining 2015 yildagi faoliyati haqidagi dokladi tasdiqlanib, uning 2016 yilgi faoliyati böyiça ma'ruzasi qabul qilindi.
ŞHT rahbarlari taşkilotning navbatdagi sammitini qayerda va qaçon ötkaziş böyiça ham kelişib olişgan.
Toşkent sammiti mezboni, Özbekiston prezidenti Islom Karimov ŞHT davlat rahbarlarining navbatdagi majlisi 2017 yilning 7-8iyunida Ostonada bölib ötişini ma'lum qilgan.
Sammitda ŞHT davlatlari turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirişi böyiça dastur imzolangan.












