Ötgan haftada Xitoyda dunyodagi eng qudratli TaihuLight superkompyuteri işga tuşirilgan edi. Uning mehnat unumdorligi 93 petaflopsni taşkil etadi. Şu kunlarda, AQŞning Oak Rijdagi Energiya departamenti milliy laboratoriyasi yaqin orada IBMning superkompyuterini olişi ma'lum qilindi. Uning unumdorligi esa, Xitoynikidan ikki baravardan ortiqroq bölib, 200 petaflopsni taşkil etişi kutilmoqda. 

NVIDIAning Volta çiplarining grafik imkoniyatlari tufayli yangi Summit superkompyuteri parallel hisoblaş qobiliyatidan maksimal darajada foydalana oladi.  IBM kompaniyasining openPOWER texnologiyasi esa, kompyuter protsessorlari, ma'lumotlar saqlaş qurilmalari, hisoblaş uskunalari va boşqa qismlari orasidagi axborot almaşinuvini tez va işonçli amalga oşirişga yordam beradi. 

AQŞ Energiya departamenti, mamlakatdagi aksar superkompyuterlarga ega bölib, uning safi yaqinda yana ikkitaga köpayadi. 

Ulardan biri Sierra deb nomlanib, uning unumdorligi 150 petaflopsga yaqindir. Yana bir Aurora superkompyuteri Argon milliy laboratoriyasida paydo böladi. 

Flops-kompyuterning soniyasiga amalga oşira oladigan hisoblaş amaliyoti soni 10ning 15 darajasi vordda körsatadi