Islandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida iştirok etgan mustaqil nomzod, tarixçi Gudni Yoxansson byulletenlarning barçasi hisoblab çiqilganidan keyin ğolib çiqdi. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy naşrlarga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Yoxansson 39,1 foiz ovoz töplagan, uning eng yaqin ta'qibçisi, tadbirkor Xalla Tomasdottir saylovçilarning 27,9 foizlik qismi tomonidan qöllab-quvvatlangan. Bu ma'lumotlar RUV telekanali efirida aytilgan.

Ekspertlarning baholaşiça Yoxansson "boşqa plandagi prezident" böladi. Uning saylanişi islandiyaliklar tomonidan ötmişdan voz keçilgani sifatida qaraladi.

Heç bir siyosiy partiya a'zosi bölmagan Gudni Yoxansson tarix fani böyiça professor hisoblanadi.