Aktyorning oilasi ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan bayonotda Styuart sönggi paytlarda Alsgeymer kasalligi va Levi tanaçalari bilan boğliq demensiyadan aziyat çekkani aytilgan. Uning sönggi kunlarida rafiqasi va yaqinlari yonida bölgan.
Patrik Styuart 1940-yilda Angliyaning Ğarbiy Yorkşir grafligida tuğilgan. Aktyorlik faoliyatini yoşligidan boşlagan va 1966-yilda nufuzli Qirollik Şekspir teatri truppasiga qöşilgan.
Unga jahon miqyosidagi şuhratni «Yulduzli yöl: Keyingi avlod» serialidagi kapitan Jan-Lyuk Pikar roli olib kelgan. Keyinçalik aktyor «Iks odamlar» filmlarida professor Çarlz Ksavyer obrazini gavdalantirib, yanada keng auditoriyaga tanilgan.
2010-yilda Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II Styuartni ritsarlik unvoni bilan taqdirlagan.
Styuart aktyorlikdan taşqari ijtimoiy masalalardagi faolligi bilan ham tanilgan. U oilaviy zöravonlik muammosiga va uruş faxriylarining ruhiy salomatligiga jamoatçilik eʼtiborini qaratişga harakat qilgan. Şuningdek, qoçqinlarni qöllab-quvvatlagan va hayvonlar huquqlarini himoya qilgan.
«Yulduzli yöl»da kapitan Jeyms Kirk rolini ijro etgan kanadalik aktyor va yozuvçi Uilyam Şetner hamkasbining vafoti munosabati bilan X ijtimoiy tarmoğida hamdardlik bildirgan.
«Ser Patrik Styuart döst, hamkasb va ajoyib aktyor edi. Teatr sahnasidan tortib “Enterprayz” kemasining kapitanlik köprigigaça u aql-zakovat, nafosat va çuqur insoniylikni namoyon etdi», - deb yozgan Şetner.
Uning taʼkidlaşiça, kapitan Pikar insondagi eng yaxşi fazilatlarni özida mujassam etgan va bu obrazni yaratgan Styuartning özi ham şunday inson bölgan. Şetner marhumga va uning ijodiga çeksiz mehr hamda hurmat bilan qaraganini bildirgan.













