Eng maşhur milliarder, komikslardagi Toni Starkning real hayotdagi aksi hamda “Bill Geyts va Stiv Jobsning munosib izdoşi” - Ilon Mask 45 yoşga töldi.
Mask - PayPal va SpaceX kompaniyalarining asosçisi, Tesla Motors boş direktori, SolarCity direktorlar kengaşi a'zosi va Forbes röyxatiga kiritilgan milliarder. Afrikada tavallud topgan Mask Amerikaga köçib ötişga va öz orzusini amalga oşirişga muvaffaq bölgan: uning şarofati bilan ilm-fanning mavqei yanada kötarildi, odamlar ekologik elektrokarlarga işonişdi, şu bilan birga ultratovuşli poyezdlarda sayohat qilişga tayyorgarlik körişmoqda.

Ilon Mask
Kenja Robert Daunining ta'kidlaşiça, “daho, milliarder va xayriyaparvar” obrazi qisman Maskdan köçirilgan. Bundan taşqari, aktyor Maskni “Temir odam 2”da köriniş berişga köndirgan.


Tesla Motors rahbari Ilon Mask Tesla Model X taqdimotida

Tesla Roadster’ning ilk yölovçilaridan biri maşhur aktyor va öşa paytlardagi Kaliforniya gubernatori - Arnold Şvartsnegger

AQŞ prezidenti Barak Obama va Ilon Mask

Ilon Mask öz iş faoliyatini 12 yoşidanoq boşlagan – dasturlaşga ikki yil öqib, u Blast Star öyinini çiqardi hamda uni 500 dollarga sotişga muvaffaq böldi
















