Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun Rossiyaga tovon puli to‘lashga tayyor
Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimning ma'lum qilishicha, Anqara tomoni o‘tgan yilning 24 noyabrida Suriya osmonida turkiyalik uchuvchi tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti uchun tovon puli to‘lashga tayyor. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Su-24 uchun Putindan uzr so‘ragani haqida ma'lum qildi.
Ko‘p o‘tmasdan Erdo‘g‘anning matbuot kotibi uzrnoma haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuchlarining Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tushirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot o‘z havo hududini kesib o‘tganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bo‘lganini ta'kidladi.
Putin ushbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.
Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.
Mavzuga oid
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
19:04 / 21.09.2019