ÖzMTRK «Özbekiston», «Yoşlar» va «Toşkent» telekanallarida 30 iyun kuni xalq orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida batafsil «Ahmad vasvasi» nomi ostida körsatuv efirga uzatiladi.
Ma'lum qilinişiça, şu kuni soat 18:10da «Özbekiston» telekanalida, soat 19:20da «Toşkent» telekanalida, soat 20:20da «Yoşlar» telekanalida Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida efirga uzatiladigan körsatuvlarda batafsil ma'lumotlar beriladi.
Unda Ahmadjon Tursunboyevning söroq qiliniş jarayoni ham körsatiladi. Şuningdek, uning harakatlaridan jabrlangan fuqarolarning guvohliklari keltiriladi.
Aholi örtasida çinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan bu şaxs odamlardan yiliga kamida 100 foizlik dividend tölaş, ya'ni ikki barobar qilib qaytarişni va'da qilib, juda katta omonat mablağlarni milliy va xorijiy valyutada qabul qiliş bilan noqonuniy ravişda şuğullanib kelgan. Şuningdek, u foizlik ustama tölaş şarti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan. Hozirgi kunda Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan yoki pul olgan odamlar soni bir neça ön mingga yetgan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida Tursunboyev Ahmadjon va uning yaqin qarindoşlarining uy-joylari va ularga qaraşli korxonalarda aytib ötilgan tartibda özlaştirilgan 13 mlrd 139 mln söm va 7 mln 900 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağ mavjudligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, daliliy aşyo sifatida olindi.












