Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki yurtimizning barça xududlarida turli xil bank xizmatlarini körsatib kelayotgan respublikamizdagi eng yirik, universal banklardan biridir.

Şu bois Xalq banki ham aholiga qulay bölgan çakana bank xizmatlarini körsatişda davom etib, tijorat banklari orasida çakana xizmatlar sohasidagi yetakçilik mavqeini saqlab qoliş maqsadida barça imkoniyatlardan samarali foydalanib kelmoqda.
Ayniqsa, mijozlarga qulayliklar yaratiş maqsadida Xalq bankida Markaziy bankning «Munis» dasturiy majmuasidan tölovlarni qabul qiliş yölga qöyilgan.
Kliring tizimining maqsadi elektron tölov hujjatlari va elektron tölov böyiça xabarlarni işonçli, xavfsiz, samarali ravişda real vaqt rejimida almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş jarayonida moliyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etilişini ta'minlaşdan iborat.
Bu esa öz navbatida, aholi tölovlarining xizmat körsatuvçi taşkilotlardagi şaxsiy hisobvaraqlariga töğridan-töğri tuşişiga hamda aholining bank tizimiga bölgan işonçining ortişiga xizmat qilmoqda.
2015 yilda aholi omonatlarini bankka jalb qiliş böyiça ötkazilgan tanlov yakunlariga köra, Jizzax viloyati amaliyot bölimining “Xalqobod” minibanki “Qişloq joylarda aholi omonatlarini jalb qiliş böyiça yilning eng yaxşi minibanki” nominatsiyasida ikkinçi örinni, Surxondaryo viloyati Oltinsoy filialining 1-sonli jamğarma kassasi "Qişloq joylarda eng yaxşi jamğarma maxsus kassa" nominatsiyasida uçinçi örinni egalladi.

Plastik kartoçkalar — yaqin kömakçi
Darhaqiqat, bugungi kunda kundalik turmuşimizni plastik kartoçkalarsiz tasavvur qilişimiz qiyin. Ulardan xarid çoğida, maişiy servis xizmatlarida, ayniqsa, kommunal tölovlarda keng foydalanamiz. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuçli ijtimoiy siyosat natijasi ölaroq bank özining 197 ta filiallari tomonidan nafaqaxörlarga öz vaqtida kam ta'minlangan, yoşga doir pensiya nafaqalarini muntazam tarqatilib berilişi bilan öz hissasini qöşmoqda.
Şuningdek, Xalk bankida Pensiya jamğarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda pensiya oluvçilarniig plastik karta hisob raqamlariga mablağlarni avtomatik tarzda ötkaziş hamda Pensiya jamğarmasi va bank örtasida elektron ma'lumotlar almaşinuvining yölga qöyiş maqsadida yangi dasturiy modul işlab çiqildi.












