Rossiya va Turkiya davlat rahbarlari telefon orqali ötkazgan muloqoti çoğida, ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari Sergey Lavrov hamda Mavlud Çavuşöğli Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi taşkiloti taşqi işlar vazirlari kengaşining Soçidagi anjumani doirasida uçraşuv ötkazişiga kelişib olişdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

«Ikki davlat taşqi işlar vazirlari şu yilning 1 iyul kuni Soçida uçraşadi. Unda, mintaqadagi vaziyat muhokama etiladi. Bunda Suriya muammosini hal etiş masalasiga asosiy e'tibor qaratiladi. Şuningdek, rus-turk munosabatlarining keyingi istiqbollari borasida fikr almaşiladi», — deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Erdöğan va Putin, Rossiya-Turkiya munosabatlari sovuqlaşganidan beri ilk marotaba telefon orqali suhbatlaşib, mamlakatlar örtasidagi özaro aloqalarni qayta tiklaş borasida qat'iyatlarini izhor qilişgandi.
 

Foto:rusvesna.su