Argentina parlamentining yuqori palatasi xorijiy sarmoyalarni afv etiş böyiça qonun loyihasini tasdiqladi. 9 soatlik munozaralardan söng, 56 nafar deputat taşabbusni ma'qullagan bölsa, 11 kişi qarşi ovoz bergan, bir kişi betaraf qolgan. Avvalroq, hujjatni Deputatlar palatasi tasdiqlagan edi.
Qonun loyihasiga köra, argentinaliklar özlarining soliq deklaratsiyalarida qayd etmagan boylik va mablağlarini, uning hajmidan kelib çiqqan holda 0 dan 15 foizgaça jarima tölab yoki davlat obligatsiyasini xarid qilib, mamlakatga olib kirişlari mumkin böladi. Mazkur taşabbus, sud, ijro va qonunçilik organlarining xodimlari hamda ularning yaqinlariga nisbatan joriy etilmaydi.
Yangi qonunni mamlakat prezidenti Maurisio Makri tasdiqlaşi kutilmoqda. Amnistiya vositasida davlat ğaznasiga tuşgan mablağlar pensiya va nafaqalarni kötarişga xizmat qiladi.
Argentina hukumati, sarmoyalarni amnistiya qiliş bilan 20 mlrd dollar daromad körişga umid qilmoqda.










