Tabiat bizga juda köp tabiiy boyliklar in'om etganki, biz ulardan kundalik turmuşimizda samarali foydalanişimiz lozim. Bizning yurtimizda dorivor ösimliklar juda köp bölib, ulardan oqilona foydalangan holda bir qator kasalliklarning oldini oliş mumkin. Immun tizimi mustahkam bölgan inson har qanday kasallik bilan kuraşa oladi. Şunday ekan, quyidagi tavsiyalar siz uçun!
1. Aloe ösimligi eng qadimiy dorivor giyohlardan biri hisoblanadi.

Uni uy şaroitida saqlaş yoki uni maxsus dökondan xarid qiliş mumkin. Aloe verani malham sifatida suriş bilan birga uni iste'mol qiliş ham mumkin. Agar avval aloe iste'mol qilmagan bölsangiz, sekin-asta uni taomnomangizga qöşiş tavsiya etiladi.
Aloe ösimligi Xalqaro ilmiy kengaşning sertifikatiga ega. U haqida hatto Ibn Sino va Hippokarat ham yozgan. Aloe şarbati 200dan ortiq faol komponentni özida jamlaydi. Ularning orasida mikro va makroelementlar, vitaminlar, fermentlar va aminokislotalar bor. Har biri inson organizmiga ijobiy ta'sir körsatadi.
2. Astragal immun tizimini mustahkamlaydi.

Xitoy tibbiyoti juda köp noyob mayda ösimliklarga boy. Ulardan biri mamlakatda köp asrlardan buyon qöllanib kelinayotgan astragal ösimligidir. Bu ösimlikni asosan ildizi uçun yiğib olişadi, çunki u köplab davolovçi xususiyatlarga ega.
Siz astragalni çoy yoki şörvaga qöşib iste'mol qilişingiz mumkin. Bundan taşqari, bu giyohni kapsula, ekstrakt va kukun körinişida ham xarid qilsa böladi. Astragal immun tizimini mustahkamlaydi va hattoki tumovni yengişga yordam beradi.
3. "Muşuk panjasi" viruslar bilan kuraşişga yordam berib, immun tizimini rağbatlantiruvçi kimyoviy moddalarni özida mujassam qiladi.

Uşbu dorivor ösimlik qon bosimini pasaytiradi, siydik haydovçi sifatida ta'sir qiladi hamda organizmga ortiqça suyuqlikdan xalos böliş imkonini yaratadi. Tadqiqotlarga köra, bu ösimlik hattoki saraton hujayralarini öldirişga qodir.


















