Buyuk Britaniya xalqining Yevroittifoqdan çiqişi haqidagi qarori qat'iy, endi gap Birlaşgan Qirollik hukumati YeIdan ajraliş böyiça rasmiy jarayonni qançalik tez boşlaşida. Fransiya prezidenti Fransua Olland bu haqida Echos gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Bu ularning qarori, demak u amalga oşişi kerak. Yevropa va britaniyaliklar munosib bölgan hurmat ajraliş jarayoni boşlanişini oqlaydi - har qanday boşqa reaksiya - referendum noqulay natija bergan taqdirda tezlik bilan qaytadan ovoz berişni taşkillaştiriş zarurdek fikr uyğotadi", - deya ta'kidladi Fransiya prezidenti.
Uning fikriça, hozirgi vaziyatda Yevroittifoqqa birinçi navbatda "ustuvor vazifalarga diqqatini qaratiş uçun xavfsizlik va barqarorlik zarur".
"Birlaşgan Qirollik bilan faqat Lissabon şartnomasining 50-moddasida közda tutilgan ajraliş jarayoni doirasida muzokaralar olib boriladi hamda Buyuk Britaniya tovarlar, xizmatlar, kapitallar va odamlarning erkin harakatlanişi kafolatlasagina, yagona bozorga kirişi mumkin, biz bundan voz keça olmaymiz", - dedi Olland.
Fransiya prezidentining fikriça, Buyuk Britaniyadagi referendumda "yolğon Britaniya xalqidan ustun keldi".











