Astronomlar NASAning kosmik teleskoplari yordamida Quyoş tizimidagi eng yirik sayyora - Yupiterdagi qutb yoğdusini suratga olişga muvaffaq bölişdi, deb xabar qilmoqda Amerikaning NASA agentligi matbuot xizmati.
Xabarlarga köra, Yupiter qutb yoğdusi avvallari ham kuzatilgan, ammo bu safar olimlar, kuzatuvlar tarixidagi eng yorqin yoğduga guvoh bölişgan. Quyoş şamolining quvvatlangan zarralari sayyoraning magnit maydonlaridagi atmosferaga tuşganda uşbu tabiat hodisasi röy beradi.
Sayyorani örganiş maqsadida uçirilgan NASA Juno kosmik zondi Yupiterga yaqinlaşganda kuzatuvlar amalga oşirilgan.
«Ta'bir joiz bölsa, Yupiter Junoning kelişini salyutlar bilan kutib oldi deyiş mumkin», — deya hazil-mutoyiba qilgan Lester universiteti xodimi Jonatan Nikols.
Hubble teleskopi ham Yupiter atmosferasidagi zarra qadar özgarişlarni qayd etiş uçun tinimsiz kuzatuvlar olib bormoqda.











