Bugun ÖzMTRKning «Özbekiston», «Toşkent» va «Yoşlar» telekanallarida xalq orasida çinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy xatti-harakatlari, u taşkil etgan va faoliyatiga çek qöyilgan moliyaviy piramida haqida «Ahmad vasvasasi» nomli batafsil hujjatli körsatuv efirga uzatildi.

Körsatuvda Ahmadjon Tursunboyevning savollarga javoblari keltirildi.

Körsatuv avvalida uşbu hodisaga doir yangi ma'lumotlar keltirildi. Jumladan aşyoviy dalil sifatida olingan mablağlar 13 mlrd 139 mln söm va 12 mln dollar ekani bildirildi.

Körsatuvda Ahmadjon Tursunboyevning özidan bir qator iqtiboslar keltirildi: «Boşi berk köçaga kirib qolib, keyin çiqib keta olmadim. Orqaga yöl yöqligini bilardim».

U odamlar orasida obro‘ orttirgani, saxovatpeşaligi evaziga odamlarning işonçini qozongani aytib ötiladi. U 4-5 yildan buyon faoliyat körsatib kelgan bölsada, 2015 yil oxirida faoliyatini kengaytiradi. 2016 yilning 12 yanvarida esa Çinozda "Çinoz avto hamkor" va "Çinoz halol çorva" korxonalarini ta'sis etadi. U bu korxonalardan davlatga soliq tölaş orqali özining haqiqiy daromadlarini yaşirişda foydalangani aytiladi.

U öz atrofida asosan qarindoşlarini töplagan. Uning jiyanlaridan biri avtomobillarni qabul qilib oliş va bozorda sotiş, boşqalari pul va taqinçoqlar keltiruvçilarni röyxatga oliş bilan şuğullangan. Ular şunçaki maktab yoki kollejni bitirgani, yozişni bilgani uçun işga olingan.

Ahmadboy özining sodda tizimini haşamatli qarorgohlar barpo etiş orqali xaspöşlaydi. Keluvçilar darvoza oldidagi qöriqçilarni, içkaridagi pul sanovçilarni körib, özlarini bankka kelgandek his qilişgan.

Ma'lum bölişiça, öz qoramoli yoki pulini Ahmadboyga berayotgan odamlardan tuşuntiriş xati olingan. Xatda pul topşirayotgan odam, uning ota-onasi yoki turmuş örtoği "Çinoz avtohamkor"€ MÇJga bergan mablaği yoki avtomaşinasini 12 oy davomida oyma-oy bölib olişga bergani, uşbu maşina yoki pulni berayotgan vaqtda heç kimdan heç qanday e'tirozi yöqligini zimmasiga olişi va ilova qilib pasportining nusxasini bergani, tuşuntiriş xatini öz qöli va öz sözi bilan yozgani bayon qilinadi.

Mazkur xatga, şuningdek, Ogohlantiriş xati ham ilova qilingan bölib, unda MÇJ rahbariga biror kor-hol bölib qolsa, heç kimga e'tiroz bildira olmasligi, tavakkalçilikka qöl urilayotganini unutmaslik yozilgan.