Ispaniyaning Albasete provinsiyasi Letor munitsipaliteti hududida kuçli örmon yonğinlari davom etmoqda.
Yonğinga havo va yerdan qarşi kuraşilmoqda. 4ta samolyot va bitta vertolyot suv taşiyotgan bölsa, yerda 150 nafar öt öçiruvçi xizmat vazifasini bajarayapti, deb xabar qilmoqda Europa Press.
Öt balosi sabab 2ta yöl yopilgan. Kuçli şamol alangani bartaraf etişga imkon bermayapti.
Yonğinni öçirişda şuningdek, Fuqaro mudofaasi taşkilotining köngilli a'zolari ham qatnaşmoqda.
Qurbonlar va jabrlanganlar yöq.











