Ey ğofil, öylama dunyoda sening,
Qismatingni xalloq aylagan uruş.     
Özi-ku umrimiz juda ham qisqa,
Yana qisqartirmoq bu qanday yumuş?    

Odamzot yaralibdiki, nizo, nifoq, janjalu uruşlarga tarix şohid. Ezgulik va yovuzlik örtasidagi şiddatli uruş «dam qalam bilan, dam qiliç bilan» bardavom. Maşriqu mağribzaminda ezgulik ruhi Xurmuz (Axura Mazda), yovuzlik ruhi esa, Ahriman (Angra Manyu) deb e'tirof etilgan. Biri tinçlikni, ikkinçisi uruşni qömsaydi. Birining dilida bunyodkorlik, ikkinçisida buzğunçilik ğoyalari mavjud. Oqil va johil, bedor va ğofilning farqi ham ana şu niyatlarga boğlanişida. Ğofil uyqudagi odam. Tiriklik mazmuni, bedorlik mohiyati, umr, dunyo mazmunidan u bexabar. Dunyoga keliş va ketiş uning uçun farqsiz. Moddiy manfaat hissigina öylantiradi, xolos. Ma'rifatdan uzoq kişi johil. Jaholat botqoği ğofilning ham joyi. U ğaflat uyqusi ila band. Uruş oqibati, zamin va zamonga yetkaziladigan ziyonga u befarq. Uning qalbida mehr örniga qahr, muhabbat örniga nafrat, hilm örniga zuğum in qurgan.

Ikki zid qutbning yaşaş tarziga e'tibor qiling. Biri ilmu hilm bilan iş tutsa, ikkinçisi zulmu zuğum bilan iş yuritadi. Yovuzlik homiysi quroli uruş. Bu esa onani boladan, bolani otadan judo qiliş, xonadonlarda töy örniga aza tuttiriş.

Şu paytgaça dunyoda ön beş mingdan ortiq uruş bölib, 5,5 mlrd.dan ziyod inson qurbon bölgan bölsa, hammasi yovuzlik qutbining kasridan. Bobokalonimiz Rudakiy hazratlari  öşa davrdayoq, xavotirga tuşib, nido qilgan ekanki, asrlar qa'ridan kelayotgan bu sado ogohlikka, huşyorlikka da'vat bölib yangrayotganini anglaş qiyin emas.

Muallif: Rahimboy Jumaniyozov