Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, javob sanksiyalari muddatini 2016 yil 6 avgustidan 2017 yil 17 dekabriga qadar uzaytiriş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda, Rambler News Service xabar qilmoqda.
Unga köra, AQŞ, YeIga a'zo mamlakatlar, Kanada, Avstraliya, Norvegiya, Ukraina, Albaniya, Çernogoriya, Islandiya va Lixtenşteyndan qişloq xöjaligi mahsulotlari, xom-aşyo va oziq-ovqat mahsulotlari olib kirişga joriy qilingan taqiq muddati bir yildan köp vaqtga uzaytirilgan.
Avvalroq, YeI 1 iyul kuni Rossiyaga nisbatan jazo çoralarini 2017 yil 31 yanvarigaça uzaytirişga qaror qilgani haqida xabar qilingan edi.
Medvedevning bayonotiga köra, taqiq mahsulotlari röyxati özgarmagan.











