RF prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Tayip Erdöğan bilan Soçida uçraşişi mumkin. Ikki tomonlama muloqot avgust oyida taşkil etilişi ehtimol, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi. 

Naşr şuningdek, bu uçraşuv bundan avvalroq taşkil etilişini ham inkor etmayapti. Buning uçun, ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari 1 iyunl kungi muzokaralarda kelişib olişlari talab etiladi. 

29 iyun kuni Erdöğanning bayonot berişiça, Putin bian ötkazgan telefon orqali suhbati çoğida, ular 4-5 sentabr kunlari Xitoyda bölib ötadigan G20 sammiti doirasida uçraşib olişga kelişib olişgan. Ammo, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni tasdiqlay olmagan. 

Uning sözlariga köra, uçraşuv vaqti va joyi diplomatik yöllar orqali hal etiladi.