AQŞ HDK qömondonligi Rossiyaning "Yaroslav Mudryy" qöriqçi kemasini yana bir marta Örta yer dengizida malakasizlik namoyiş etib, xavfli manyovrlarni amalga oşirganlikda aybladi, deb yozmoqda Defence News.

Bu safar, Amerika harbiylarining uqdirişlariça, 2016 yil 17 iyunda "Gravely" kemasiga nisbatan xavfli masofada yaqinlaşgan Rossiya kemasi "Dwight D. Eisenhower" avianosetsiga nisbatan "xavfli va tartibsiz harakatlar"ni amalga oşirgan. Amerika aviataşuvçisi IŞID jangarilari egallab turgan nuqtalarga zarba berişga safarbar etilgan. 

Bundan taşqari, Vaşingtonning ta'kidlaşiça, "Yaroslav Mudryy" raketa kreyseri "San Jacinto"ga xavfli masofada yaqinlaşgan. U, aviataşuvçining havodan mudofaasini ta'minlaydi. Ayni harakat, Amerika harbiylari tomonidan "anormal, xavfli va malakasiz" manyovr sifatida baholangan.

 

Foto:Google image