Rossiyaning Rostov Don şahrida, uşbu mintaqada hukm surayotgan noqulay ob-havo 2 qavatli turarjoy binosini qulaşiga olib keldi. Unda istiqomat qiluvçi aholi xavfsiz joylarga köçirilgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Şahar fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, bino avariyali deb topilgan. Umuman, keçqurun va tun avvalida dispetçerlik xizmatiga köçki röy bergani, elektr tarmoğining uzilişi, suv bosişi haqida 558 marta qönğiroq bölgan, 133 ta ariza qabul qilingan.
Kuçli jala quyişi oqibatida, Rossiyaning yirik janubiy şahri köçalari suv ostida qoldi. Önlab maşinalar, jamoat inşootlarini suv bosgan.
Noqulay ob-havo şuningdek, bir qizning hayotiga zomin bölgan. U maşina ostiga oqib ketgan. Elektr tarmoğida yuz bergan nosozlik tufayli bir bolani tok urgan. Şaharda favqulodda vaziyat tartibi joriy etilgan.











