Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdöğan, nemis satirigi Yan Bemerman, Germaniya televideniyesi orqali öqigan şe'ridan köçirma keltirişni yoki uni yodga olişni töliq taqiqlaş niyatida, deb yozmoqda Der Spiegel gazetasi.

GFRda Erdöğan manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Mixael-Xubertus fon Şprenger, Hamburg sudiga şu mazmundagi arizani topşirgan. 

Şu yilning may oyida, Hamburg sudi Bemermanga, mojaroli hajviy şe'rining ayrim qismlarini öqişni taqiqlagan edi. Öşanda, garçi sud mahkamasi, gap hajviya haqida borayotganini ta'kidlagan bölsa-da, uning ayrim misralari arzçining obrösi va ğururini poymol qilişini tan olgandi. 

Ayni vaqtda, Mayntsda Bemerman ustidan berilgan boşqa bir ariza körib çiqilmoqda. U, Bemermanni xorijiy davlat rahbarini haqorat qilganlikda ayblamoqda. 

Hajvçi 31 mart kuni Neo Magazin Royale körsatuvi çoğida Turkiya yetakçisi şa'niga nisbatan xaqoratli mazmunda şe'r öqigan edi. Şundan söng, GFR TIV Anqaraning norozilik notasini qabul qildi. Unda, boşlovçiga nisbatan huquqiy çoralar köriş söralgan edi. 

15 aprel kuni Germaniya kansleri Angela Merkel, Turkiya talabini qondirib, hajvçi ustidan sud jarayoni boşlanişiga tösqinlik qilmaganini ma'lum qilgan edi.