Yaponiyaning Okinava oroli politsiyasi, transport vositasini mast holda boşqargan yana bir amerikalik harbiyni qölga oldi, deb xabar qilmoqda The Mainichi. Şu munosabat bilan, Yaponiya hukumati AQŞning Tokiodagi elçixonasiga norozilik notasini yuborgan. 

Amerika harbiy bazalaridan taşqarida mast qiluvçi içimliklar iste'moli va mast holda maşina boşqarişga joriy qilingan taqiqlar qisman bekor qilingaç, ilk marotaba Amerika harbiysi mast holatda qölga olinmoqda. 

Yaponiyalik qizga mast holatda jinsiy tajovuz qilib, uni öldirganlikda gumon qilingan amerikalik harbiy, Yaponiya politsiyasi tomonidan qölga olingaç, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari şunday taqiqni joriy qilgan edi.