Sebasten Buemi Formula-Ye poygalari çempion böldi. e.Dams jamoasi a'zosi şaxsiy körikda, özining yaqin ta'qibçisi AVT jamoasi a'zosi Lukas di Grassini 2 oçkoga ortda qoldirib, 155 oçko töplay olgan. 

3 iyul kuni Londonda bölib ötgan sönggi poygadan avval, Di Grassi va Buemi örtasida 3 oçkolik farq bor edi. Söngra, Buemi malaka poygasida ğalaba qozonib, braziliyalik avtopilot bilan tenglaşib oldi. 

Finişga qolgan vaqt böyiça eng yaxşi natijani Buemi namoyiş etib, Di Grassini ikki oçkoga ortda qoldirdi. Umuman oxirgi poyganing özida e.Damsning yana bir a'zosi Nikolya Prost ğalaba qozondi. U, çempionatning bronza medaliga sazovor böldi. 

Qayd etiş kerak, e.Dams jamoasi ikkinçi yildirki birinçi örinni egallamoqda. Ikkinçi örinda ABT, uçinçida DS Virgin Racing jamoasi joylaşdi. Formula-Yening yangi mavsumi 2016 yil oktabr oyida Honkong poygalari bilan boşlanadi.