Avstriyaning Formula-1 böyiça Gran-prisini Lyuis Hemilton yutib oldi. Poyganing sönggi davrasida u bilan jamoadoşi Niko Rosberg örtasida töqnaşuv yuz berdi. Natijada Rosberg maşinasining old antiqanoti uzilgan. Şu sabab, u sekinlaşib, törtinçi böla oldi.
Avstriyalik Maks Ferstappen ikkinçi, Kimi Raykkonen uçinçi bölişga muvaffaq böldi.
Ança vaqt yetakçilardan bölib kelgan Sebastyan Fettel poyga örtalariga kelib, uni tark etişga majbur böldi. Start töğri yölida uning ğildiragi portlab ketib, Ferrari trassa çetidagi himoya tösiğiga borib urilgan.
Daniil Kvyat, Massa, Xyulkenberg, Alonso va Peres ham turli texnik sabablarga köra, poygani muddatidan avval tamomlaşga majbur bölişdi.










