AQŞ va Yaponiya hukumatlari, AQŞning Yaponiyadagi qurolli kuçlari maqomi töğrisidagi kelişuv böyiça amerikalik harbiylarning huquqiy imtiyozlarini çeklaşga kelişib oldi. Bunga, amerikalik harbiylarning mahalliy qonunlarni buzişi bilan boğliq hodisalarning tobora köpayib borayotgani sabab bölgan, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi, Yaponiya hukumatidagi manbasiga tayangan holda. 

Kiodo agentligi ma'lumotlariga köra, AQŞ qöşinlari maqomiga doir yangi qoidalarni Yaponiya TIV Fumio Kisida, mudofaa vaziri Gen Nakatani va AQŞning Tokiodagi elçisi Kerolayn Kennedi e'lon qiladi.

Imtiyozlardan foydalanuvçi şaxslar röyxatini qayta körib çiqişga Yaponiya mudofaa vaziri Nakatani va uning amerikalik hamkasbi Eşton Karterning 4 iyul kuni Singapurda bölib ötgan uçraşuvida erişilgan. 

Ma'lumki, Yaponiyaning Okinava orollarida AQŞning mamlakatdagi jami harbiy inşootlarining 75 foizi joylaşgan. 1960 yilda imzolangan kelişuvga muvofiq, Yaponiya prokuraturasi, harbiy xizmatni ötayotgan amerikaliklar uçun ayblov e'lon qila olmaydi. 

Şunga qaramay, 19 may kuni Okinavada Kadena harbiy bazasi xodimi, yapon qizini zörlab, söngra öldirganlikda ayblanib qölga olingan edi. 

Bu voqeadan bir oy ötgaç, 19 iyun kuni Naxa şahrida ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Unda iştirok etganlar, Amerika bazalarini Okinavadan olib çiqişni talab qilişgan. 

Xabarlarga köra, AQŞ fuqarolari, Okinava orollari Yaponiyaga topşirilgandan keyin, bu yerda 5,8 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan bölib, şundan 571 tasi oğir jinoyatlar sirasiga kiradi. 

 

Foto:© AFP 2016/ Yoshikazu Tsuno