Moda olamida maşhur Vogue jurnaliga saudiyalik malika Dina Abdulaziz rahbarlik qiladigan böldi, deb yozmoqda Financial Times. Naşrning qayd etişiça, Vogue Arabia jurnali çop etilişi xususidagi miş-mişlar bir neça yillardan beri mavjud. Biroq, Condé Nast endigina bu xabarni tasdiqlayapti.
Jurnalning ilk soni sentabr oyida elektron körinişda paydo böladi. 2017 yilning bahoridan boşlab naşr ham etila boşlanadi.
«Arab dunyosi 250 mln kişidan iborat bölsa-da, ularning heç qaçon Vogue kabi jurnali bölmagan», – degan malika Dina Abdulaziz.
Naşrning muassisi bölgan Condé Nastda qayd etişlariça, tahririyat heç qaçon jurnalni yangi bozorga çiqarişda şoşmaydi, balki u yoki bu mintaqada Vogue jurnalini çop eta oladigan «ijodiy iqtidor» yetişib çiqişini kutadi.
Jurnalning arabça talqinini naşr etişda şuningdek, Yaqin şarqdagi Nervora mediakompaniyasi ham iştirok etadi.
Foto: Deena Al-Juhani Abdulaziz











