Payşanba 7 iyul kuni, Bangladeşda musulmonlarning bayram ibodatini amalga oşiriş maydoniga kiraverişda amalga oşirilgan portlaşda 5 kişi jarohatlangan, deb xabar qilmoqda Sinxua.

Hodisa, mamlakat poytaxti Dakkadan 117 km uzoqlikdagi Şolakiya aholi punktida yuz bergan. U, minglab musulmonlar ibodat qilişi uçun keng, oçiq maydonga ega. Odamlar hayit namozini ado etiş uçun töplanganda uşbu portlaş amalga oşirilgan. 

Yaralanganlarning bir neça nafaari politsiya xodimlari ekani aytilmoqda. Hozirça, jinoyat uçun javobgarlikni heç bir guruh olgani yöq. 

Avvalroq, "Jamaat ul-mujahiddin" taşkiloti şunga öxşaş jinoyatni sodir etgan edi. Ular, şu yöl bilan mamlakatda şariat qonunlarini joriy qilişga erişmoqçi. 

Foto: © Flickr/ Marufish