Amerikaning Facebook kompaniyasi çekka hududlar aholisiga internetdan foydalaniş imkonini beruvçi OpenCellular simsiz kiriş nuqtasini namoyiş etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
“4 milliarddan ortiq kişilarda internetga kiriş uçun bazaviy imkon yöq va eng jiddiy muammolardan biri simsiz tarmoqni çekka hududlarga qanday yetkazişdan iborat”, - deya ta'kidladi Facebook rahbari Mark Tsukerberg.
U OpenCellular’ga öz xohişiga köra qöşimça işlov berişni istovçilarga kompaniya rasman ruxsat berişini ta'kidladi.
Qurilma murakkab iqlim şaroitlariga bardoşli qilib yaratilgan. Energiya manbai sifatida akkumulyatorlar, quyoş batareyalari va elektr tarmoqlari qöllaniladi. Birgina OpenCellular qurilmasi 1,5 ming kişini internet bilan ta'minlaşi mumkin.
Facebook’da yangi qurilmaning taxminiy bahosiga oid ma'lumot yöq. OpenCellular şu yilning yozidan amaliyotda qöllana boşlaydi.











