Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, Vladimir Putin Rossiyaning aksilterror qonun hujjatlari töplamini imzolagan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Bugun prezident terrorizmga qarşi kuraş çoralari böyiça qonunga tuzatişlar kiritişni közda tutuvçi hujjatlar töplamini imzoladi.… Şu bilan birga, uşbu qonun ijrosini nazorat qiliş, axborotlarni mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarida saqlaş yöli bilan, unga boğliq moliyaviy tavakkalçiliklarni imkon darajasida kamaytirişga qaratilgan körsatmalar ham tasdiqlangan», — degan Peskov.
Davlat dumasi va Federatsiya kengaşi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalari deputat Irina Yarova va senator Viktor Ozerov tomonidan hamkorlikda işlab çiqilgan.











