Bepul sferik fonsuratlarni (oboylarni) LG Smart World’ga yuklab olişingiz mumkin.

LG Electronics (LG) kompaniyasi  çiroyli panorama rasmlarni bepul yuklab olişni taklif etadi, şu tariqa LG foydalanuvçilari özlarining G5 smartfonlarida 360 darajali tasvirlarning salohiyatini töliq his qilişlari mumkin. 

360 Wallpaper funksiyasi foydalanuvçilarga sferik tasvirlarni LG G5’ning asosiy ekraniga fon tasviri sifatida örnatiş imkonini beradi. Telefon harakatlanganda yoki ekran varaqlanganda, fon virtual reallik qurilmalaridagi kabi jonlanadi. 360 darajali suratlarni Cinematic View’da köriş mumkin, LG 360 CAM moduli esa sferik tasvirlar yarata oladi, bu tasvirlardan öz örnida G5 uçun fonsurat sifatida foydalaniş yoki  Google Street View’ga yuklaş mumkin.

LG G5 foydalanuvçilarida professional suratkaşlar tomonidan yaratilgan ajoyib fonsuratlarga bepul egalik qiliş imkoni paydo böldi, bundan taşqari hayajonga soluvçi manzaralar va dunyoning maşhur şaharlari suratlari ham betakror fonsuratlarda öz aksini topgan. LG Smart World’da 22ta surat yuklab oliş uçun tayyor, noyabrgaça har oyda törttadan yangi surat muntazam ravişda qöşib boriladi. 

 “G5 foydalanuvçilarni mobil öyin tajribasi bilan ta'minlaş maqsadida yaratilgan va 360 darajali tasvirlar uşbu tajribaning asosiy qismi hisoblanadi”, - dedi LG Mobile Communications kompaniyasining vitse-prezidenti va marketing aloqalari rahbari Kris Yi. “360 darajali suratlar texnologiyasi hozirça boşlanğiç bosqiçda, biroq biz bu texnologiya mobil qurilmalar sohasiga virtual reallikdagi innovatsiyalarni olib kiradi, deb hisoblaymiz”.

Professional tasvirlar LG Smart World ilovalar dökonida 2016 yilning noyabr oyi oxirigaça xizmatingizda böladi. 360 darajali fonsuratlarni öz smartfonlarida qöllaşga qiziqib qolgan LG G5 egalariga www.LGworld.com manziliga taşrif buyuriş yoki fonsuratlar haqida qöşimça ma'lumotga ega böliş uçun  Android – ilovani yuklab oliş tavsiya etiladi.