Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar hukumatlari Qöşma Ştatlar bilan “YeI va AQŞning maxfiy qalqoni” nomli ma'lumotlar almaşinuvi töğrisidagi bitimni tasdiqlaşdi. Reuters agentligining xabar qilişiça, u kelasi haftadayoq kuçga kirişi mumkin. 

Ma'lumotlarga köra, 12 iyul kuni Yevrokomissiya mazkur hujjatni rasman tasdiqlaydi. The New York Times gazetasi ikki tomonlama tasdiqlaş jarayonining 11 iyuldan oldin amalga oşmasligi haqida xabar bergan edi, zero şu kuni AQŞ savdo vaziri Penni Pritsker Bryusselga taşrif buyuradi. 

Ma'lumotlar almaşinuviga doir yangi bitimning kuçga kirişi, kutilganidek, amerikalik va yevropalik mutaxassislarning eng yirik kompaniyalar tomonidan okean orqali raqamli ma'lumot uzatilişiga oid munozaralariga nuqta qöyadi. Ötgan yilning oktabr oyida Lyuksemburgdagi Yevropa sudi 2000 yilda tuzilgan avvalgi bitim yevropaliklarning şaxsiy hayotini yetarli darajada himoya qilişni ta'minlamasligi haqida qaror çiqargan edi. Avstriyalik şaxsiy ma'lumotlar himoyasi uçun kuraşuvçi Maks Şrems bu işda taşabbus körsatib, sud jarayonini yölga qöygan, u Facebook’ning Amerikadagi serverlariga jönatilayotgan ma'lumotlar daxlsizligiga kafolat yöqligidan şikoyat qilgan.