8 iyul kuni Polşa poytaxti Varşavada boşlanadigan NATO sammiti, alyansning «sovuq uruş» davridan keyingi eng ahamiyatli anjumanidir, deb yozmoqda Time jurnali.
Sammit kun tartibidan köplab murakkab masalalar örin olgan: Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi, Rossiya bilan munosabat, muhojirlik inqirozi, IŞIDga qarşi kuraş şular jumlasidan.
YeI va NATO vositasida mustahkamlangan Umumiy Yevropa loyihasi «Ikkinçi Jahon uruşidan keyingi eng yirik ğoya bölgan edi: agar yevropaliklar hamkorlik qilsa, bir-birini öldirmasligi taxmin qilingandi», — deydi AQŞning NATO Kengaşidagi sobiq doimiy vakili Ivo Daalder.
Brexit esa, asosiy hamkorlardan biri loyihadan çiqişga qaror qilganiga oid birinçi holat böldi.
«Agar şunday davom etadigan bölsa, Yevropa siyosatida milliy manfaatlar umumiy manfaatlardan ustun kela boşlaydi. Va buning oqibati nima bilan tugaşini ikkita Jahon uruşi tarixini örganib anglaş mumkin», — deb hisoblamoqda Daalder.
Ammo, Brexitsiz ham NATO Rossiya bilan çegaralarda uçinçi Jahon uruşi xavfi ortayotganini muhokama qilişi lozim edi, deb davom etadi Time. RAND Corporation tadqiqotlariga köra, Rossiyaning Boltiqböyiga bostirib kirişining oldini oliş uçun e'lon qilingan 4ta batalon emas, balki 7ta brigada kerak böladi.
Bundan taşqari, Rossiyaning yayadroviy arsenalini ham unutmaslik kerak. Bu borada bir neça ming harbiylarni joylaştiriş yordam bermasligi aniq. Muallifning fikriça, Oq uy ma'muriyati bu narsani anglagan şekilli, Moskva bilan muloqotni qayta tiklaşga urinmoqçi. Biroq, hozirça u prezident Obama muddati poyoniga yetgunça boşlanadimi-yöqmi, noma'lumligiça qolmoqda.
Nima bölganda ham, Rossiya çegaralari yaqinida qöşinlarning joylaştirilişi, siyosiy muloqotni tezlaştirmasligi aniq. Aksinça, Rossiya javob çoralariga köl uradi, bu bilan Yevropa özini xavfsiz his qilmasa kerak, deya xulosa qiladi naşr.











