Amerikaning eBay internet savdo maydoni Isroilning internet savdolarini kengaytiriş xizmati bilan şuğullanuvçi SalesPredict kompaniyasini xarid qildi. Kompaniya iste'molçilarning hatti-harakatlarini baholaş va ularni özgartiriş borasida iş olib boradi. 

Qayd etiş joizki, eBay mazkur bitim bilan sun'iy aql, maşina vositasida örgatiş va big data (yirik ma'lumotlarni saqlaş) sohalaridagi faoliyatini davom ettiradi. Bungaça, dunyoning eng yirik kimoşdi savdo maydoni şu sohada faoliyat yurituvçi yana bir kompaniya Expertmakerni xarid qilgandi. Yangi kelişuvga köra, SalesPredictning ayrim xodimlari eBay jamoasiga qöşiladi. Isroil kompaniyasining asosçilari Yaron Zakai-Or va Kira Radinskayalar eBayning Isroil bölimida mahsulotlar va fan böyiça direktor lavozimini egallaşadi.

Hozirça, bitim narxi e'lon qilinmayapti. AfterDox, Redline Capital, KGC Capital va Pitango Venture Capital kabi fondlar 2012 yili taşkil etilgan SalesPredict xizmatining sarmoyadorlari bölgan.