Meraas quriliş kompaniyasining xabar berişiça, Dubayning Blyuvoters orolida (Jumeirah Beach Residence qirğoq böyining röparasida) qad rostlayotgan dunyodagi eng ulkan Ain Dubai çarxpalagining quriliş işlari eng muhim bosqiçga yetib keldi. 

Asosiy qismlar BAA tayyorlandi va töplandi. 6,25 metr diametrli val atom elektrostansiyalarida foydalaniladigan pölatdan tayyorlangan. 
Çarxpalak gupçagi va kötarmasining balandligi 20 metrni taşkil etadi. Ularning oğirligi 1805 tonna bölib, bu törtta Airbus A380 samolyoti hajmiga tengdir.

Bunday loyiha dunyodagi ikkita eng katta kran tufayli amalga oşirilmoqda. Har ikkala kran 3 ming tonnadan ortiq yuk kötara oladi va 180 metr balandlikka çiqa oladi. 
“Ain Dubai quriliş işlari tugallanişi bilan muhandislik sohasida birinçi çinakam durdonaga aylanadi va mehmonlar gavjum bölgan eng yaxşi attraksionga aylanadi. Bu maskan Dubayda ziyorat qiliş kerak bölgan taassurotga boy köriş nuqtasiga aylanişi, şubhasiz”, — dedi Meraas kompaniyasining mazkur loyiha böyiça rahbari Omar Delavar.

Ain Dubai (Dubai-I deb tanilgan ) Blyuvoters orolining asosiy köngiloçar markaziga aylanişi kutilmoqda.