Ispaniya milliy politsiyasi Fuqarolik gvardiyasi bilan hamkorlikda ötkazgan maxsus amaliyoti natijasida mamlakatda faoliyat yuritib kelgan yirik jinoiy tarmoqni foş etgan. Mursiya avtonom viloyati hokimiyat vakillarining xabarlariga köra, ular qalbaki pullar işlab çiqariş bilan şuğullangan. 

Maxsus amaliyot çoğida, 21 yoşdan 60 yoşgaça bölgan 3 nafar ispaniyalik va 4 marokaşlik uşlangan. Bundan taşqari, 5ta tintuv işlari ham ötkazilgan. Qayd etilişiça, soxta pullar Ispaniya bozoridan taşqari Yevropaning boşqa mamlakatlarida ham muomalaga çiqarilgan. 

Politsiya mahkamasi uyuşgan jinoiy guruh rahbarini qölga olişga muvaffaq bölgan. U, 7-iyul kuni San- Pedro-del-Pinatar munitsipalitetida hibsga olingan. Uning uyida 1,5 mln yevrolik soxta qoğoz pullar va qalbaki pul işlab çiqariş uçun uskunalar borligi aniqlangan. 

Endilikda, jinoyatçilar qilmişlari uçun sud oldida javob berişlari lozim. Ularning gumaştlarini qidirş işlari davom ettirilmoqda.