Afsuski, jahonda xiradmandlarning
Farzandlari boru emas xiradmand.
Otada odobu bilim bölsa ham
Undan nasibasiz qolibdur farzand.

Odamzot naslining, nomining boqiyligi mezonlaridan biri uning zurriyotlaridir. Farzand tarbiyasiga e'tibor har damda, har qadamda bölişi zarurligi haq. Hayotda obröli, ehtiromli insonlar böladiyu, lekin ularning ayrim farzandlari oqibatsiz bölib voyaga yetadi. Bolaligidan uning tarbiyasiga e'tibori sust bölgan otaning boşiga kulfatlar yoğilişi aniq. Şunday ekan, oila, mahalla qolaversa vatan istiqboli har tomonlama tarbiya körgan va ta'lim olgan farzandlar bilan ekanini e'tibordan soqit qiliş örinsizdir. Iş-taşviş, bozor-öçar, tirikçilik taşvişi, rözğor yumuşlari bilan band bölib farzandning ta'lim va tarbiyasi bir yoqda qolib ketsa ertaga oila nadomati va fiğoni kökka çiqadi. Rudakiy ruboiysida ana şu haqda qayğuriladi.