Meksikaning maşhur dam oliş maskanlariga ega Kankun şahri çekkasida joylaşgan qamoqxonadan 11 nafar jinoyatçi qoçib ketgan. El Sol de Mexico naşri yozişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari qoçqinlarni qidiriş işlarini olib bormoqda. 

Mahbuslar axloq tuzatiş idorasi qöriqçisiga hujum qilib, uni boğlaşgan. Söngra temir törni kesib, tösiqdan oşib ötişgan. Ğarazgöylar, ularni kutib turgan taksida juftakni roslaşgan. 

Ularning barçasi "Los-Surenos" jinoiy guruhi a'zolari bölişgan. Mahalliy hokimiyat vakillari, mahbuslar qaysi jinoyatlari uçun qamoqda saqlanganiga oydinlik kiritmagan.