AQŞ harbiy-dengiz kuçlari ştabi rahbari admiral Jon Riçardson muzokaralar ötkaziş maqsadida uç kunlik taşrif bilan Xitoyga yöl olmoqda. HDK matbuot xizmatiga köra, Riçardson 17-20-iyul kunlari xitoylik hamkasblari bilan uçraşadi. U xususan, Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuçlari qömondoni U Şenli bilan ham muloqot olib boradi.
“Xitoy poytaxti Pekin şahri va Tsindaoga 3 kunlik taşrifdan közlangan maqsad – ikki davlat harbiy-dengiz kuçlari örtasidagi özaro tuşinişni yaxşilaş va professional hamkorlikka turtki berişdan iborat”, deyiladi axborotda.









