Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Jak-Anri Els özining bu lavozimdagi 3 yillik faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqida u 14 iyul kuni ötkazilgan Fransiya milliy bayramiga bağişlangan tadbirda ma'lum qildi. Bu haqida “Turkiston-press” axborot agentligi xabar berdi.
Unga köra, Fransiya elçisi mazkur tadbirda özining Özbekistondagi 3 yillik missiyasini tugallayotganini ma'lum qildi hamda şu davr içidagi asosiy voqealarni eslab ötdi.
“Siyosiy jihatdan biz ikki tomonlama aloqalarimizni taşqi işlar vazirlari darajasida davom ettirdik, 2015 yilda iqlimning özgarişi böyiça 21 - konferensiyaga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş munosabati bilan olingan tanaffusdan keyin kuz oylarida uni qayta tiklaşga umid qilamiz. 2015 yilning iyulida Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili Uluğbek Muhammadiyev fransuz hamkasbi Jak Tubon bilan uçraşiş maqsadida Fransiyada bölib qaytdi. Parlamentlararo hamkorlik ham juda faol keçdi. Bundan taşqari mazkur siyosiy suhbat mudofaa va xavfsizlik masalalari böyiça tajriba almaşinuvi bilan töldirildi”, - dedi Jak-Anri Els.
Şuningdek u ötgan 3 yil içida savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida hukumatlararo halqaro komissiya yiğilişlari qayta tiklanganligini ma'lum qildi. Bir haftadan söng Toşkentga taşqi savdo, sayyohlikni rivojlantiriş va fransuzlarning mamlakat taşqarisidagi işlari böiça Davlat kotibi Mattias Fekl boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyuradi. Delegatsiya taxminan 40 nafar fransiyalik işbilarmonlardan iborat böladi.
Jak-Anri Els 2015 yilning avgustida elçixona binosida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) mintaqaviy idorasi oçilganligini alohida qayd etdi. Şu bilan birga Özbekiston poytaxtida Frantsuz alyansining oçilişi ham tahsinga sazovor, çunki bu universitetlararo va tillar hamkorligiga ijobiy ta'sir körsatadi.
Hisobot davrida Özbekistonda fransuz tilining öqitilişi böyiça ta'lim sohasida bir qator işlar amalga oşirilganligi ham ta'kidlandi. Universitetlararo hamkorlik doirasida Yuridik instituti, ÖzDJTU, viloyat markazlaridagi universitetlar bilan ikki tomonlama hamkorlik muvaffaqiyatli rivoj topganligiga urğu berildi.
Bundan taşqari Fransiya elçisi ötkazilgan madaniy tadbirlarga ham töxtalib ötib, ularning jamiyatdagi örnini yuqori baholadi.
Elçi Fransiya va Özbekiston örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning eng muhim yönalişlardan biri – bu arxeologiya sohasidagi hamkorlik loyihalari ekanligini ta'kidladi.










