Google kompaniyasi Nitstsadagi fojia tufayli Fransiyaga Hangouts messenjeri,  Google Voice ovozli servisi va Project Fi virtual operatorlari yordamida amalga oşiriladigan barça qönğiroqlarni bepul qildi. “Biz insonlar öz yaqinlari bilan aloqada bölişlariga yordam beriş maqsadida dunyoning istalgan burçagidan Hangouts, Google Voice va Project Fi orqali Fransiyaga amalga oşiriladigan qönğiroqlarni bepul qildik ”, - deyiladi kompaniya xabarida. 

Bundan taşqari kompaniya tarmoqda Nitstsa va uning yaqinida bölgan kişilar uçun fransuz hukumati tomonidan yangilangan Google Now xaritasini joylaştirdi.

14 iyulda Fransiyaning milliy bayrami sifatida nişonlanadigan Bastiliyaning olinişi kuni mamlakat tarixida eng musibatli kunlardan biri sifatida esda qolsa kerak. Şu kuni Nitstsada yuk maşinasi köçada bayramni nişonlaş uçun töplangan odamlarning ustidan bosib ketgan. Oqibatda kamida 84 kişi hayotdan köz yumgan, 120 dan köproq odam jarohat olgan.  


Fransiya prezidenti bu hujumni terakt deb ta'kidladi. Uni asli kelib çiqişi tunislik bölgan 31 yoşli fransuz amalga oşirgani ma'lum böldi. Manbalarga köra, terrorçi avval ham politsiya nazariga tuşgan bölgan.