Virjiniya universiteti tibbiyot maktabining bir guruh biologlari, insonning ijtimoiy faolligi uning immun tizimiga boğliq, degan fikrni ilgari surişmoqda. Ular tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalari Nature jurnalida e'lon qilingan. 

Mualliflar, immun tizimini taşkil etuvçi gamma-interferoni molekulalari siçqonlarning hatti-harakatiga ta'sir etganini aniqlaşgan. Gamma-interferon immun tizim tomonidan tanaga bakteriyalar va viruslar tuşganida işlab çiqariladi. Olimlar, ijtimoiy aloqalar vaqtida ham gamma-interferon faol ravişda işlab çiqilganiga guvoh bölişgan. Tajribadagi siçqonlarda ayni molekulalarni işlab çiqiş töxtatilganda, ular öz faolligini kamaytirgan. Gamma-interferoni işlab çiqiş qayta boşlanganda, kemiruvçilarning faolligi yana ortgan. 

Avvallari, olimlar immun va asab tizimi bir-biriga boğliq bölmagan holatda faoliyat yuritadi, deb hisoblaşardi.