5 noyabr kuni Nyu York merligi uçun saylovda Zohran Mamdani ğalaba qozongani butun dunyo e’tiborini öziga qaratdi. Musulmon, Falastin mustaqilligi tarafdori va demokrat-sotsialist bölgan Mamdani AQŞ saylovlaridagi eng yoş va eng köp muhokamalar markazida turgan nomzod böldi. Ammo uning Tramp tomonidan qöllangan Endryu Kuomo ustidan qozongan ğalabasi – demokratlarning bu saylovlardagi hayratomuz muvaffaqiyatining faqat bir qismi edi.

Payşanba kuniga kelib, demokratlar butun mamlakat böylab bir qator işonçli ğalabalarga erişgani ma’lum böldi – eng közga köringan saylov kampaniyalaridan tortib, unçalik maşhur bölmagan mahalliy saylovlargaça. Bir yil oldin saylovçilar ovozi öng qanotga siljigan okruglar bu yil yana yönalişni özgartirdi. Politico naşri ma’lumotlariga köra, ekzitpollar demokratlar oliy ma’lumotga ega bölmagan saylovçilar orasida ham öz körsatkiçlarini yaxşilaşga muvaffaq bölganini körsatgan.

Demokratik partiya nomzodlari Nyu Jyersi va Virjiniyadagi gubernatorlik saylovlarida katta farq bilan ğalaba qozonib, Kamala Harrisning bir yil avval Tramp bilan töqnaşuvdagi natijalarini sezilarli darajada ortda qoldirdi.

«Virjiniya aholisi va butun mamlakat böylab saylovçilar Tramp ma’muriyatiga nisbatan ğazablarini baland ovozda va şubhasiz e’lon qilişdi. Demokratlarda davomat rekord darajada böldi va bu kelgusi yilda nimalarni kutişimiz kerakligini körsatadi», – dedi Demokratik partiyaning siyosiy strategi, Virjiniya vitse-gubernatori nomzodining saylovoldi kampaniyasi ustida işlagan Kristina Froyndlix Politico naşriga.

Virjiniya

Virjiniya ştatida Demokratik partiyadan gubernatorlikka nomzod, Vakillar palatasining sobiq a’zosi Abigeyl Spanberger ğalabani oilasi bilan nişonlamoqda. Riçmond, 2025 yil 4 noyabr.

Hududiy saylov natijalari azaldan oraliq va prezidentlik saylovlari oldidan barometr hisoblanadigan Virjiniyada demokratlar Vakillar palatasidagi 13 ta örinni respublikaçilardan tortib olişdi, bu bilan sönggi 40 yil içida eng katta farqni yuzaga keltirişdi.

«Virjiniyadagi bugungi saylovlar haqiqiy siyosiy zilzila böldi», – dedi Demokratik partiyaning qonunçilik kampaniyasini ötkaziş qömitasi prezidenti Hizer Uilyams Guardian naşriga.